“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 24-avgust kuni soat 11:00 da
“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlariga!
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma
“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
2026-yil 24-avgust kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi.
“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazish
joyi: Toshkent viloyati, Yuqori chirchiq tumani, Yangi Toshkent shahrini barpo
etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” ma’muriy binosining majlislar zali,
telefon raqami: (71) 202-10-60 (ichki 12452), elektron pochta manzillari:
info@utg.uz, korporativ@utg.uz.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini,
sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat
muddatini tasdiqlash.
2. “O‘ztransgaz” AJning yangi tashkiliy tuzilmasi va ijroiya apparati
tuzilmasini ko‘rib chiqish.
3. Abu Dhabi Commercial Bank PJSC (BAA)dan jalb qilingan 300 mln
AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini “Octobank” AJ depozitiga
joylashtirish bo‘yicha yirik bitim tuzish.
Aksiyadorlarning navbatdan
tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun
aksiyadorlarning reestrini shakllantiradigan sana – 2026-yil1-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantiradigan sana – 2026-yil 18-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2025-yil 24-avgust kuni soat 10:30 dan 10:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi. Masofaviy ovoz berish ko'zda tutilmagan.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma’lumotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosidaish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.
Bundan tashqari,
O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini
himoya qilish to'g'risida”gi Qonunining
40-moddasi talablariga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Kun tartibining ikkinchi va uchinchi masalasi bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ijobiy qaror qabul qilinsa hamda yig‘ilish ishtirokchilaridan qarshi ovoz bergan yoki uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan aksiyadorlarda “O‘ztransgaz” AJ aksiyalarini ularning bozor qiymati bo‘yicha: oddiy aksiyalarga — bir aksiya uchun 116 000 so‘m hamda imtiyozli aksiyalarga — bir aksiya uchun 8,759 so‘m narxda — qayta sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga keladi.
Aksiyalarni qayta sotib olish tartibi quyidagicha:
- Aksiyador “O‘ztransgaz” AJga o‘ziga tegishli aksiyalarni jamiyat tomonidan sotib olishni talab qilgan holda yozma murojaat topshirishi lozim. Unda aksiyadorning yashash (yoki joylashgan) manzili hamda qayta sotib olinishi talab qilinayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilishi shart;
- Aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha yozma talab aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay jamiyatga taqdim etilishi lozim;
- Belgilangan muddat tugaganidan so‘ng jamiyat 10 kun ichida aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olishi shart;
- Jamiyat tomonidan aksiyalarni qayta sotib olishga yo‘naltiriladigan umumiy mablag‘ miqdori jamiyatning mazkur qaror qabul qilingan sanadagi sof aktivlarining 10 foizidan oshmasligi kerak;
- Agar qayta sotib
olishga taqdim etilgan aksiyalar umumiy soni jamiyat ushbu cheklov doirasida
sotib olishi mumkin bo‘lgan miqdordan oshib ketsa, aksiyalar aksiyadorlarning
talablariga mutanosib ravishda sotib olinadi.
“O‘ztransgaz” AJ
Kuzatuv kengashi
Organization info
Title
"O'ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati
Short name:
"O'ztransgaz" AJ
TIN:
200626188
Address:
100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisasbz ko'chasi, 85A uy