“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI XABAR

O'zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamg'armasi aksiyadorlik jamiyati
Publication Date17.08.2026 13:06
Meeting Date16.09.2026, 16:00
Address:100000, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.

“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY Yig‘ilishini O‘tkazish To‘g‘risidagi XABAR

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (Jamiyat) o‘z aksiyadorlarini Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi (Yig‘ilish) Jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga asosan shaxsan ishtirok etish hamda eVOTE elektron platformasi orqali masofadan turib ishtirok etish va elektron ovoz berish imkonini beruvchi gibrid shaklda o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Jamiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy

Elektron pochtamanzili: uznif@franklintempleton.com

Veb-sayt: www.uznif.com

Ma’lumot uchun telefon: +998 99 433 0880

Yig‘ilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Sana: 2026-yil 16-sentabr, chorshanba

Vaqt: Toshkent vaqti bilan soat 16:00

Shakli: gibrid yig‘ilish — shaxsan ishtirok etish hamda eVOTE orqali masofadan turib ishtirok etish va elektron ovoz berish

Yig‘ilish o‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy, InterContinental Tashkent mehmonxonasi, Ballroom 2 zali

Yig‘ilish o‘tkaziladigan joyda ro‘yxatdan o‘tkazish: Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan 15:00 gacha

Masofadan turib ishtirok etish va elektron ovoz berish platformasi: eVOTE (www.eVote.uz)

Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantirilgan sana: 2026-yil 11-sentabr, juma

Zoom havolasi:

https://us06web.zoom.us/j/89679559216?pwd=NMjKD4H5ytbB6SBTwK0S1Nbg1fqHbW.1&jst=5

Konferensiya identifikatori: 896 7955 9216

Kirish kodi: 672288

Mazkur Zoom havolasi faqat Yigʻilishni kuzatish uchun moʻljallangan. Ushbu havola orqali ulanish Yig‘ilish uchun ro‘yxatdan o‘tish hisoblanmaydi, kvorumni aniqlashda inobatga olinmaydi va ovoz berish huquqini bermaydi.

Kuzatuv kengashi raisi uzrli sababga ko‘ra ishtirok eta olmasa yoki Yig‘ilishga raislik qila olmasa, Kuzatuv kengashi a’zosi janob Xurshed B. Mustafayev Yig‘ilishga raislik qiladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning hech biri Yig‘ilishga raislik qila olmasa, Jamiyatning Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomi 10.1-bandiga muvofiq, Yig‘ilish raisi Yig‘ilishda hozir bo‘lgan Kuzatuv kengashi a’zolari orasidan Yig‘ilish tomonidan saylanadi.

Yig‘ilishda Ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish

Yig‘ilish o‘tkaziladigan joyda ishtirok etish

Yig‘ilish o‘tkaziladigan joyda ishtirok etuvchi aksiyador ro‘yxatdan o‘tkazish punktida pasportini, ID-kartasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa haqiqiy hujjatni taqdim etishi shart.

Vakil qo‘shimcha ravishda o‘z vakolatini tasdiqlovchi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjatni taqdim etishi shart. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi bilan hamda muhr mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda beriladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan ishonchnoma, agar talab etilsa, qonuniylashtirilishi yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi hamda unga o‘zbek yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjima ilova qilinishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, shaxsan ishtirok etuvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi va tegishli qog‘oz shaklidagi ovoz berish byulletenini oladi. Qog‘oz shaklidagi byulletenlar ularda ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga muvofiq to‘ldirilishi, imzolanishi va topshirilishi lozim.

eVOTE orqali masofadan turib ishtirok etish

Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlarga Yigʻilish uchun moʻljallangan eVOTE kirish havolasi Jamiyat aksiyadorlarining reyestrida koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari asosida elektron pochta va (yoki) SMS orqali yuboriladi. Havolani olmagan aksiyador quyida koʻrsatilgan texnik koʻmak mutaxassisiga murojaat qilishi lozim.

Yigʻilishda masofadan turib ishtirok etish uchun ishtirokchi Yigʻilish uchun moʻljallangan havola orqali kirishi, “Start” tugmasini bosishi va amaldagi elektron raqamli imzo kaliti yordamida autentifikatsiyadan oʻtishi shart. Ishtirokchi eVOTE tomonidan talab etiladigan qoʻshimcha identifikatsiya maʼlumotlarini, jumladan tegishli hollarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ham taqdim etishi shart.

Ishonchnoma asosida ish yurituvchi vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjatni tizimga yuklash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli masofadan turib ishtirok eta olmaydi. Vakillar Yigʻilish o‘tkaziladigan joyda shaxsan ishtirok etishlari lozim.

Masofadan turib identifikatsiyadan oʻtish va roʻyxatdan oʻtish Yigʻilish ochilishidan oldin yakunlanishi lozim.

Masofadan turib roʻyxatdan oʻtish eVOTE tizimidagi tegishli yozuv va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Masofadan turib ishtirok etuvchi shaxs faqat eVOTE orqali ovoz beradi, qogʻoz shaklidagi ovoz berish byulletenini olmaydi va undan foydalanmaydi.

eVOTE texnik qo‘llab-quvvatlash: Yorqin Bobur oʻgʻli Aliboyev, telefon: +998 71 211 0909; ish kunlarida texnik koʻmak koʻrsatish vaqti: Toshkent vaqti bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Global depozitar tilxatlar egalari

Jamiyat aksiyalarini ifodalovchi global depozitar tilxatlar (GDR) egalari Depozitariy va tegishli vositachilar orqali ularga yetkazilgan alohida xabarnoma hamda unda belgilangan muddatlarga muvofiq ovoz berish bo‘yicha ko‘rsatmalarini tegishli kastodian orqali Depozitariyga taqdim etishlari lozim. GDR egalari eVOTE orqali bevosita ro‘yxatdan o‘tishga hamda Yig‘ilish o‘tkaziladigan joyda aksiyador sifatida shaxsan ishtirok etishga urinishlari mumkin emas, biroq yuqorida ko‘rsatilgan Zoom havolasi orqali Yig‘ilishni kuzatishlari mumkin.

Yig‘ilish kun tartibi

  1. Yig‘ilish kotibini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  3. Hugh van Cutsemni Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylash.
  4. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga haq to‘lash va xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
  5. Hugh van Cutsemga Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi sifatida toʻlanadigan haq miqdorini, xarajatlarini qoplashni hamda u bilan tuziladigan shartnomaning muhim shartlarini tasdiqlash, shuningdek tegishli shartnomani imzolash uchun vakolat berish.

Yig‘ilish materiallari va ulardan foydalanish

2026-yil 17-avgustdan boshlab va Yigʻilish davomida mazkur Xabar, kun tartibi, qarorlar loyihalari, tushuntirish materiallari, ovoz berish hujjatlari hamda Yigʻilishga oid boshqa muhim materiallardan Jamiyatning www.uznif.com veb-saytida bepul va autentifikatsiyadan o‘tmasdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Mazkur Xabar Korporativ axborotning yagona portalida (keyingi o‘rinlarda — Portal) e’lon qilinadi. Yig‘ilishning boshqa materiallari ham texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda Portalda joylashtiriladi. Mazkur materiallar e’lon qilingani haqida Regulatory News Service (RNS) orqali axborot beriladi, tegishli ingliz tilidagi hujjatlar esa, agar tegishli bo‘lsa, FCAning National Storage Mechanism tizimiga taqdim etiladi.

Yigʻilish materiallari Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega va eVOTE orqali tekshiruvdan oʻtgan aksiyadorlar uchun ham mavjud boʻladi.

Materiallar bilan ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha yuqorida koʻrsatilgan manzilda tanishish yoki ularni Jamiyatning yuqorida koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari orqali soʻrab olish mumkin. Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar tekshiruvdan oʻtgandan soʻng tizimga kirish uchun zarur maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Ochiq materiallardan GDR egalari ham teng asoslarda foydalanishlari mumkin. Ular alohida xabarnomaga muvofiq Depozitariy orqali ovoz berish boʻyicha koʻrsatmalarini taqdim etishlari lozim. Yangilangan maʼlumotlar va natijalar xuddi shu ochiq axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi hamda Jamiyatning veb-saytida saqlanadi.

Aksiyadorga oid ma’lumotlarning o‘zgarishi

Aksiyador o‘ziga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida uning aksiyalarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariyni va (yoki) investitsiya vositachisini o‘z vaqtida xabardor qilishi shart.

2026-yil 17-avgust

Kuzatuv kengashi raisi

/imzo/ Dj. Kuchkarov

Organization info

Title

O'zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamg'armasi aksiyadorlik jamiyati

Short name:

O'zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamg'armasi aksiyadorlik jamiyati

TIN:

311799463

Address:

100000, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy.