Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida habarnoma

"O'zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati
Publication Date28.08.2026 17:54
Meeting Date21.09.2026, 14:00
Address:Ўзбекистон Республикаси, 100000, Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани, Олой кўчаси, 1-уй

“O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

E’LON

HURMATLI AKSIYADORLAR!

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston pochtasi” AJ davlat aksiyalar paketining ishonchli boshqaruvchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ishonchli boshqaruv shartnomasida nazarda tutilgan aksiyadorning barcha huquqlariga ega bo‘lgan “WB INT EXPORT” MChJning talabiga asosan, Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 21-sentabr kuni soat 14:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2026-yil 21-sentabr kuni soat 12:00 dan 13:55 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri2026-yil 15-sentabrholatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@pochta.uz.

Yig‘ilish kun tartibi:

1) Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2) “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida.

3) “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.

4) Jamiyat tomonidan tuzilishi kutilayotgan yirik bitimni tasdiqlash to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-41-moddalariga asosan, Jamiyat tomonidan tuzilishi kutilayotgan yirik bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasini yoki bir qismini Jamiyat tomonidan qaytarib sotib olishni talab qilishga haqli ekanligi ma’lum qilinadi.

Qonunning 41-moddasida Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘larning umumiy summasi aksiyadorlarda o‘zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n foizidan oshib ketishi mumkin emasligi belgilangan.

Aksiyalarni jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati 2026-yil 15-sentabr holatiga tuziladi.

Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish bozor qiymatida amalga oshiriladi.

Jamiyat o‘z aksiyalarini mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olishi mumkin.

Jamiyat tasarrufiga o‘tgan aksiyalar bekor qilinadi, ular ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni hisoblashda inobatga olinmaydi hamda ular bo‘yicha dividendlar hisoblanmaydi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan, aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilmagan va qayta tashkil etilayotgan Jamiyat ta’sischilari tarkibiga kirish niyatini bildirmagan aksiyadorlar qayta tashkil etish natijasida tashkil etiladigan yangi Jamiyatdan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday aksiyadorlar oldida yangi tashkil etilgan jamiyat aksiyalar qiymatini to‘lab berish majburiyatini oladi. Ushbu aksiyadorlarga tegishli mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy depozitariyning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33.

Organization info

Title

"O'zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati

Short name:

"O'zbekiston pochtasi" AJ

TIN:

200833833

Address:

Ўзбекистон Республикаси, 100000, Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани, Олой кўчаси, 1-уй