ХАБАРНОМА навбатдан ташқари умумий йиғилишини ўтказилиши тўғрисида (28.09.2026)
AT “Aloqabank” Aksiyadorlari diqqatiga!
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini
chaqirish to‘g‘risida
XABARNOMA
(masofadan)
Sizlarni 2026-yil 28-sentabr kuni soat 10:00 da “Evote.uz” elektron ovoz berish xizmati orqali masofadan turib o‘tkaziladigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz. Umumiy yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va kun tartibiga kiritilgan masalalarga ovoz berish “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning http://evote.uz elektron ovoz berish xizmati orqali ta’minlanadi. Aksiyadorlar platformadan foydalanish uchun elektron raqamli imzo kaliti (ERI) bilan identifikatsiyadan o‘tishlari lozim (platformadan foydalanish bo‘yicha Markaziy depozitariy telefon raqami: +99871 211-09-09).
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT “Aloqabank”ning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. AT “Aloqabank” Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
4. “Islomiy moliya kengashi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.
5. “Islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
6. AT “Aloqabank”ning Islomiy moliya kengashi a’zolarni saylash to‘g‘risida.
7. AT “Aloqabank”ning Islomiy moliya kengashi a’zolarni ish haqi to‘lovlari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida.
AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi yig‘ilishining 2026-yil 3-sentabrdagi qaroriga asosan: Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2026-yil 3-sentabr. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2026-yil 22-sentabr. Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2026-yil 28-sentabr soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun telefon: +998 71-232-83-67.
Organization info
Title
Аksiyadorlik tijorat "Aloqabank"
Short name:
AT "Aloqabank"
TIN:
200829053
Address:
100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor MFY, O‘qchi ko‘chasi, 2-uy