​"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

"Anor Bank" aksiyadorlik jamiyati
Publication Date10.09.2026 14:12
Meeting Date05.10.2026, 11:00
Address:100047, Toshkent shahari, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 85-uy

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Hurmatli aksiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 9-sentyabrdagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 5-oktyabr kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida shaxsan o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

E-mail: info@anorbank.uz , veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatdan o‘tish soat 10:30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning boshlanishi - soat 11.00.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini tuzish sanasi - 2026-yil 29-sentyabr.

Kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Kuzatuv kengashining 2026-yil 16-iyuldagi "ANOR BANK" AJ ustav kapitalini oshirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish haqida.

4. "ANOR BANK" AJning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali ko‘paytirish to‘g‘risida.

5. "ANOR BANK" AJ aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash haqida.

6. 2026-yil yakunlari bo‘yicha "ANOR BANK" AJda majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun Auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlari uchun to‘lovning cheklangan miqdorini belgilash to‘g‘risida.

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85

Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Organization info

Title

"Anor Bank" aksiyadorlik jamiyati

Short name:

"Anor Bank" AJ

TIN:

207324986

Address:

100047, Toshkent shahari, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 85-uy