“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida XABARNOMA

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati
Publication Date30.09.2026 11:22
Meeting Date09.10.2026, 11:00
Address:Ферганская область, г. Фергана, ул.Саноат, 222

“Fargʻonaazot” AJ

Kuzatuv kengashi majlisining

2026-yil 9-sentabrdagi

37-son bayonnomasiga

7-ilova

“Fargʻonaazot” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

XABARNOMA

“Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2026-yil 9-sentabrdagi 37-son qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026 yil 9-oktabr kuni soat 11:00da 11/1 Amir Temur Shoh ko‘chasi, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi manzilda o‘tkaziladi.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 6-oktabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 9-oktabr kuni soat soat 10:00 da boshlanib, soat 11:00 gacha davom etadi.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3. «Farg‘onaazot» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026 yil
9-oktabr kuni soat 11:00 da 11/1 Amir Temur Shoh ko‘chasi, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi manzilda o‘tkazilsin.

4. Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida qonunchilikda va Jamiyat Ustavida belgilangan tartibda xabardor qilish.

5. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestrini 2026-yil 6-oktabr kuniga shakllantirish belgilansin.

6. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasining yangi tahririni tasdiqlash;

7. Jamiyat Ustaviga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

8. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar va materiallar tayyorlanib, aksiyadorlarga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilsin.

Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (ma’lumot)lar bilan “Fargʻonaazot” AJning (99873) 242-64-00 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tanishishingiz mumkin.

Aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillari esa – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz.

Fargʻonaazot” AJ Kuzatuv kengashi

Organization info

Title

"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati

Short name:

"Farg'onaazot" AJ

TIN:

200202240

Address:

Ферганская область, г. Фергана, ул.Саноат, 222