Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to'g'risida

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati
Publication Date05.11.2026 20:09
Meeting Date14.11.2026, 11:00
Address:110502, Ташкентская область, г. Бекабад, ул. Сирдарё, 1

“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2026-yil 14-noyabr kuni soat 11:00 da aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda “Metallurglar madaniyat uyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:

- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2026-yil 23-oktabr;

- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2026-yil 10-noyabr.

KUN TARTIBI:

1.“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini va Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2.“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish.

3.“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 5-mayda R0148-15-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash.

4.“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2026-yil 14-noyabr kuni soat 9:30 dan 10:30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi[1].

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz

Telefon: +998 71 514 13 86 (ichki raqam: 10-46)

Elektron pochta manzili: xusanbayev.a@uzbeksteel.uz


[1] Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi. Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak –O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 67-moddasi.

Organization info

Title

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

Short name:

“O‘zmetkombinat” AJ

TIN:

200460222

Address:

110502, Ташкентская область, г. Бекабад, ул. Сирдарё, 1