1) Jamiyat Boshqaruv raisining 2025-yil davomida biznes-reja parametrlarini bajarilishi va yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan bergan hisoboti tasdiqlansin.
2) Jamiyat Boshqaruviga:
• 2025-yil uchun belgilangan Biznes rejadan kelib chiqib, jamiyat faoliyatini samarali tashkil etish hamda belgilangan asosiy koʻrsatkich va parametrlarni bajarilishini taʼminlash;
• jamiyat kredit portfelining doimiy diversifikatsiyasini amalga oshirish maqsadida mikrokreditlash doirasini kengaytirish;
• jamiyat kapitali monandligini taʼminlash, uning likvidlilik va resurs bazasini mustahkamlash, jumladan amaldagi iqtisodiy meʼyorlarga amal qilish;
• jamiyatning mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqqan holda yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, jumladan masofadan xizmat koʻrsatish tizimini sifatli va tezkorligini taʼminlash hamda jamiyat daromadliligini oshirish;
• jamiyat tuzilmalarini boshqarishda jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan samarali uslublarni qoʻllash kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish topshirilsin.