4.1. «ANOR BANK» AJning 100 000 000 (bir yuz million) dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi aksiyalar, har biring nominal qiymati 1000 (bir ming) so‘m bo‘lgan, umumiy kiymati 100 000 000 000 (bir yuz millliard) so‘mga ustav kapitali oshirilsin.
4.2. Aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishining asosiy parametrlari tasdiqlansin:
Mazkur chiqarilishdagi 100 000 000 (bir yuz million) dona oddiy aksiyalar yopiq obuna xususiy joylashtirish yo‘li bilan quyidagi aksiyadorlarga joylashtiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs OLIMOV KAXRAMONJON ANVAROVICHga – 50 000 000 (ellik million) dona;
- O’zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasiga - 50 000 000 (ellik million) dona.
Ushbu chiqariluvdagi aksiyalarni joylashtirish muddati - qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay.
Aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kun.
Aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – oxirgi aksiya joylashtirilgan sana, biroq qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay.
Aksiyalar joylashtirilishi birjadan tashqari uyushmagan bozorda amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish yo‘li bilan, shunda ushbu aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish kuniga, ya’ni 2026-yil 05-oktabr xolatiga, shakllangan reestrida qayd etilgan aksiyadorlarga aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqini berish yo‘li bilan.
Ushbu chiqarilishdagi bank aksiyalarni joylashtirishda bankka qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarini (anderrayterlarni) jalb qilish nazarda tutilmaydi.
Imtiyozli huquq qo‘llanilganidan keyin qolgan aksiyalarning bir qismi, quyidagi shaxslar o‘rtasida xususiy joylashtirish yo’li bilan joylashtiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs OLIMOV KAXRAMONJON ANVAROVICHga – 50 000 000 (ellik million) dona;
- O’zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasiga - 50 000 000 (ellik million) dona.
- Ushbu chiqarilayotgan aksiyalarning joylashtirish narxi 1000 (bir ming) so‘m, ya’ni nominal qiymatida, shuningdek imtiyozli huquq egalariga joylashtiriladi.
- 2026-yil 05-oktabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan bankning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega;
- qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishning imtiyozli huquqi aksiyadorlar tomonidan ularga tegishli bank aksiyalarining soniga, soniga va turiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma e’lon qilingan sanadan boshlab 10 kalendar kunni tashkil etadi. Xabarnoma joylashtiriladigan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalar sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak;
- imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olish to‘g‘risida jamiyatga aksiyadorning nomi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), u oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va to‘lov to‘g‘risidagi hujjatni yuborish yo‘li bilan o‘zining imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza imtiyozli huquqning amal qilish muddati mobaynida bankka yuborilishi kerak;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar u tugagunga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish yoki undan foydalanishni rad etish to‘g‘risida yozma arizalar olingan bo‘lsa, tugatiladi;
- imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Imtiyozli huquq qo‘llanilganidan keyin qolgan aksiyalar quyidagi tartibda joylashtiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi rezidenti, jismoniy shaxs OLIMOV KAXRAMONJON ANVAROVICHga – 50 000 000 (ellik million) dona;
- O’zbekiston Respublikasi norezidenti, yuridik shaxs “Bekamin B.V.” kompaniyasiga - 50 000 000 (ellik million) dona.
- Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
- Norezident investorlar tomonidan to’lovlar amaldagi valyuta qonunchiligiga muvofiq xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin, bunda mablag’lar to’lov amalga oshirilgan sanadagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning rasmiy valyuta kursi bo’yicha belgilangan tartibda milliy valyutasi so’mga konvertatsiya qilinadi.
- Aksiyadorlar aksiyalar uchun to'lovni O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosan investitsiya vositachisi tomonidan ro'yhatdan o'tkazgan aksiyador va bank o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
- Aksiyalarni sotib olish pulsiz vositalar orqali ko'zda tutilmagan. Aksiyalar bo'yicha to'lovlar pul mablag'lari bilan naqd yoki naqdsiz shaklida amalga oshiriladi.
- Mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar 60 foizdan kam miqdorda joylashtirilgan taqdirda chiqarilish amalga oshmagan deb hisoblanadi;
- Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb tan olingan taqdirda bank ushbu xolat to'g'risida ommaviy axborot vositalarida, aksiyadorlarga bildirishnoma yuborish, shuningdek korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) va bank veb-saytida (www.anorbank.uz) rasmiy xabarnoma e'lon qiladi.
- Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida aksiya uchun to'lov sifatida olingan mablag'lar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi.