1) “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” AJning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, kreditlash faoliyatini rivojlantirish hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBdan 400 000,0 (to‘rt yuz ming) AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘larini jalb qilish ma’qullansin.
2) Mazkur kredit bo‘yicha Jamiyatning bank oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida Jamiyat kredit portfelidagi standart toifaga mansub, hozirgi vaqtda boshqa majburiyatlar bo‘yicha garovga qo‘yilmagan aktivlarning jami 13 000 000 000,0 (o‘n uch milliard) so‘mlik qismini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB foydasiga garovga taqdim etishga rozilik berilsin.
3) Jamiyat Boshqaruv raisi I.Sheraliyevga:
- “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bilan kredit mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib borish;
- kredit shartnomasi, garov shartnomasi hamda ular bilan bog‘liq boshqa zarur hujjatlarni Jamiyat nomidan imzolash;
- garovga taqdim etiladigan aktivlar tarkibini bank bilan kelishish va ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
- kredit mablag‘larini olish, ulardan maqsadli foydalanish hamda kredit va garov shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
- mazkur qaror ijrosi bilan bog‘liq boshqa zarur tashkiliy, moliyaviy va huquqiy harakatlarni amalga oshirish vakolati berilsin.
4) Jamiyat Boshqaruv raisi I.Sheraliyev zimmasiga kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shuningdek, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
5) Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Jamiyat Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilsin.