1. Irakli Elashvili "Asakabank" AJ Boshqaruvi raisi lavozimiga 3 (uch) yil muddatga, 6 oylik sinov muddati bilan tayinlansin.
2. "Asakabank" AJ va Irakli Elashvili oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasining asosiy shartlari Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga taqdim etilgan mehnat shartnomasi loyihasi va uning ilovalari 2-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
3. "Asakabank" AJ Kuzatuv kengashi raisi Osipyan Ashot Feliksovichga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zarur kelishuvlar va
ruxsatnomalar olinganidan so'ng Bank nomidan Irakli Elashvili bilan mehnat shartnomasini imzolash vakolati berilsin.
4. Irakli Elashvili O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy roziligi olinganidan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlar (agar talab etilsa) rasmiylashtirilganidan hamda mehnat shartnomasi imzolanganidan so'ng
Boshqaruv raisi lavozimidagi vazifalarini bajarishga kirishishi belgilansin.
5. Sinov muddati yakunlari boʻyicha Irakli Elashvilining faoliyati natijalarini mehnat shartnomasining tegishli ilovasida nazarda tutilgan mezonlar va koʻrsatkichlar asosida baholash "Asakabank" AJ Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilsin.