1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi” PQ-381-sonli qarori 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyat ustav fondining miqdori nominal qiymati 5,000.00 so‘m bo‘lgan 2,000,000 dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan 10,000,000,000.00 (o‘n milliard) so‘mga ko‘paytirilsin.
2. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalarni joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari qo‘yidagicha tasdiqlansin:
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli – Ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitentning yagona aksiyadori – «OXUSTECH» mas’uliyati cheklangan jamiyati ga yopiq obuna orqali qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida joylashtiriladi.
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining muddati – Chiqarilayotgan aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 365 kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – aksiyalar chiqariluvi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana.
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – mazkur chiqarilishning so‘nggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, mazkur chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab 365 kundan oshmasligi lozim.
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining tartibi – mazkur chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitentning yagona aksiyadori «OXUSTECH» mas’uliyati cheklangan jamiyati ga qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzish yo‘li bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi, bunda bitimlar hizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Aksiyalarni joylashtirish Emitent tomonidan mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi ko‘zda tutilmagan
- ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi – Ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitentning yagona aksiyadori «OXUSTECH» mas’uliyati cheklangan jamiyati ga yopiq obuna orqali joylashtirilishi sababli imtiyozli huquqni qo‘llash ko‘zda tutilmagan.
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi – Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar nominal qiymatida, ya’ni 5 000,00 (besh ming) so‘mdan joylashtiriladi.
- aksiyalarni to‘lash shartlari va tartibi – Mazkur chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Aksiyalarni joylashtirish jarayonida aksiyalar uchun to‘lovlar faqat pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. To‘lovlar pul o‘tkazish yo‘li bilan naqdsiz shaklda Emitentning quyidagi hisobvarag‘iga amalga oshiriladi.
Rekvizitlar:
Valyuta nomi: Milliy valyuta (UZS)
Hisobvaraqlar: 2020 8000 2071 6457 7001
Bank rekvizitlari: Bank nomi – AT “Aloqabank” Amaliyot HKXKM, Bank kodi – 00401, SITRi – 200 829 053, SWIFT – JSCLUZ22, Bank manzili – Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4.
Emitentning yagona aksiyadori tomonidan sotib olingan aksiyalar uchun pul mablag‘larini Emitent bilan qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida tuzilgan fuqarolik – huquqiy bitimlarda ko‘rsatilgan muddatda, lekin aksiyalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran 365 kundan kechiktirmasdan to‘liq to‘lashi lozim.
ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda emitent tomonidan aksiyalar to‘lovi sifatida olingan vositalarni qaytarish tartibi – Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan taqdirda aksiyalar uchun to‘langan mablag‘larning qaytarilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
Emitent tomonidan ushbu holat to‘g‘risida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda muhim faktlar (qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish xaqidagi muhim fakt – 28) haqidagi ma’lumot korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) e’lon qilinadi.
Shuningdek, ushbu chiqarilishdagi aksiyalar to‘loviga yo‘naltirilgan mablag‘lar ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida Emitent tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
3. Jamiyat aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qaror 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.