1. AT «Aloqabank» faoliyatining 2025-yil yakunlari bo‘yicha bank Boshqaruvi Raisining hisoboti tasdiqlansin va bank Boshqaruvining hisobot davridagi ish faoliyati natijalari ijobiy deb topilsin.
2. AT «Aloqabank» Boshqaruvi tomonidan 2026-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan quyidagi ustuvor vazifalar tasdiqlansin:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda transformatsiya jarayonlari bo‘yicha bankka yuklatilgan vazifalari ijrosini o‘z vaqtida ва sifatli ta’minlash;
- 2025–2027-yillarda «Yoshlar biznesi» dasturini samarali amalga oshirish ва dastur doirasida yoshlarni (18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni) qamrab olish, shu jumladan, kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishiga ko‘maklashish;
- Zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratish;
- Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy etish;
- Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratishda loyihalarni birinchi navbatda real sektorga, yangi ish o‘rinlarini barpo etishga, eksportbop yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahalliy xomashyoni qayta ishlashga hamda hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirish;
- Bank mijozlar bazasini oshirish sur’atini saqlab qolgan holda moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘rnini mustahkamlash, bank xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini tijorat asosida, ayniqsa hududlarning turizm salohiyatini inobatga olgan holda kengaytirish va faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
- Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish va bank brendining aholi o‘rtasidagi nufuzini oshirish;
- Aholining keng qatlami va tadbirkorlik subyektlariga mo‘ljallangan bank xizmatlari ko‘lamini oshirish, shu jumladan, kam xarajatli bank xizmatlari ва mahsulotlarini standartlashtirish orqali ommalashtirish;
- Mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarini sifat jihatdan mutloq yangi pog‘onaga chiqarish, xizmatларни modernizatsiya qilish, bank faoliyatini avtomatlashtirish ҳамда raqamli ва onlayn bank xizmatlari ulushini oshirish;
- AT «Aloqabank»ning 2026-yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi parametrlari bajarilishini to‘liq ta’minlash;
- Mustahkam resurs bazasini shakllantirish, aktivlar sifatini yaxshilash hamda kapitallashuv darajasini oshirish hisobiga bankning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini mustahkamlash.
3. Bank Boshqaruvi zimmasiga bank faoliyati ва ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha bank Kuzatuv kengashiga hisobot berib borish vazifasi yuklatilsin.