Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadoriga
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 16-yanvar kuni, soat 10:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʻchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida oʻtkazilishini ma’lum qiladi.
Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankiKuzatuv kengashi aʼzosi Isakov Odilbek Rustamovichningo‘z vakolatlarini muddatidan oldin tugatishi.
“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2023-yil 21-dekabrdagi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2024-yil 10-yanvar kuni holatiga hamda umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2023-yil 21-dekabr kuni holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2024-yil 16-yanvar kuni soat 09:00 dan 09:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etuvchi aksiyadorlarga bu haqda qoʻshimcha ma’lumot beriladi.
Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
Tel: 998 (71) 202-99-99 (1304) Bank Kuzatuv kengashi
Информация об организации
Название:
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki
Короткое название:
"Mikrokreditbank" ATB
ИНН:
200547792
Адрес:
100047, Тошкент шаҳри, Амир Темур шох кўчаси, 4-уй