Yillik umumiy yig'ilish to'g'risida e'lon
“UzAutoMotors”aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
XABARNOMA
Hurmatli aksiyadorlar!
“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2024 yil 1 iyuldagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2024 yil 23 iyul kuni 15:00 da o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2024 yil 17 iyul holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2024 yil 23 iyul kungi Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com
Kun tartibi:
1. Jamiyatning sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda vakolat muddatini belgilash.
2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2022 va 2023 yillar uchun Biznes reja parametrlari bajarilishi bo‘yicha Jamiyat Bosh direktorining hisobotini eshitish.
4. Jamiyatning 2022 va 2023 yillardagi faoliyati natijalari bo’yicha tashqi auditorlik tekshiruvi hisoboti va xulosasini ko‘rib chiqish.
5. Jamiyatning 2022 va 2023 yillar yakuni bo‘yicha tuzilgan yillik hisobotlarini, shuningdek foyda va zararlarini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2022 va 2023 yillar yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini taqsimlash, shuningdek dividend to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risida qaror qabul qilish.
7. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022 va 2023 yillar uchun o‘z vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan hisobotini eshitish hamda 2024 va 2025 yillar uchun ish rejasini kelishish.
8. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
9. Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2024 yil 3 iyuldan 19 iyulgacha, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Telefon: 78 140-55-40 (3-1731#)
Jamiyat kuzatuv kengashi.
Информация об организации
Название:
"UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati
Короткое название:
"UzAuto Motors" AJ
ИНН:
200244767
Адрес:
Андижанская область, г. Асака, ул. Хумо, 81