Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi
“Smart bank” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi tо‘g‘risida
E’LON
Hurmatli aksiyadorlar!
“Smart bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2025-yil 20-maydagi qaroriga asosan bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2025-yil 17-iyun kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shaxrisabz kо‘chasi 2-uy manzilida joylashgan binoda о‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:30 dan boshlanadiva soat 10:55 da tugatiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aksiyadorlari reyestri 2025 yil 21-may holatiga va yig‘ilishida qatnashish uchun 2025 yil 11-iyun holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Bankning sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Bank Boshqaruvining 2024 yil faoliyati yakunlari bо‘yicha hisobotini tasdiqlash.
4. Bankning 2024 moliyaviy yil yakuni bо‘yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash.
5. Bankining 2024 yil faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
6. Bank Kuzatuv kengashining 2024 yil faoliyati yakunlari bо‘yicha hisobotini eshitish.
7. Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
8. Bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida bank tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.
9. Bankning nomini, rekvizitlarini o‘zgartirish.
10. Bankning Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yangi tahrirda tasdiqlash.
11. Bankning 2025-2027 yillarga mo‘jallangan rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bо‘lishi lozim.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida kо‘rib chiqiladigan masalalar bо‘yicha axborotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Botir Zokirov kо‘chasi, 2A-uy manzilida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish о‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishish mumkin.
Elektron pochta manzili: office@smartbank.uz
Hurmat bilan,
“Smart bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi.
Информация об организации
Название:
"Open bank" aksiyadorlik jamiyati
Короткое название:
"Open bank" AJ
ИНН:
310123822
Адрес:
100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko'chasi, 2-uy