Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi to'g'risida XABARNOMA

"UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati
Дата публикации:30.10.2025 16:45
Дата собрания:24.11.2025, 15:00
Адрес:Андижанская область, г. Асака, ул. Хумо, 81

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

XABARNOMA

Hurmatli aksiyadorlar!

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 29-oktabrdagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 24-noyabr kuni 15:00 da o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 18-noyabr holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2025-yil 24-noyabr kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.

Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com

Kun tartibi:

1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Jamiyatning 2025-yil 9 oylik natijalariga ko’ra taqsimlanmagan foydasini taqsimlash, shuningdek dividendlar to‘lash, dividendlar miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2025-yil 2-noyabr kunidan 2025-yil 23-noyabr kuniga qadar, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Telefon: 78 140-55-40 (3-1729 va/yoki 1727#)

Jamiyat Kuzatuv kengashi.

Информация об организации

Название:

"UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati

Короткое название:

"UzAuto Motors" AJ

ИНН:

200244767

Адрес:

Андижанская область, г. Асака, ул. Хумо, 81