Korporativ maslahatchi X.Usmanov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻm boʻlgan 234 082 397 (ikki yuz o‘ttiz to‘rt million sakson ikki ming uch yuz to‘qson yetti) dona umumiy qiymati 249 999 999 996 (ikki yuz qirq to‘qqiz milliard to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz million to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson olti) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari quyidagicha belgilansin:
1) Chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna usuli bilan Bank aksiyadorlarining imtiyozli ravishda olish huquqi qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joylashtiriladi;
2) Chiqarilayotgan aksiyalar davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kun davomida joylashtiriladi.
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot va aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi toʻgʻrisidagi bildirishnoma qonunchilikka muvofiq e’lon qilinib, aksiyadorlarning chiqarilayotgan aksiyalarni imtiyozli ravishda olish huquqining amal qilish muddati tugagan kundan keyingi birinchi kun. Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirish keyingi birinchi ish kunida boshlanadi.
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishning soʻnggi aksiyasi joylashtirilgan kun, biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, ushbu aksiyalar davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kundan oshmasligi lozim;
3) Chiqarilayotgan aksiyalar uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi koʻzda tutilmaydi.
Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaguniga qadar chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirilmaydi.
Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joylashtiriladi;
4) Chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega.
Aksiyador ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati 2023-yil 15-sentabr kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Bank aksiyalarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran 10 (oʻn) kun ichida ommaviy axborot vositalarida bildirishnomani e’lon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni olishni taklif etadi.
Bildirishnoma matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) taqdim etilishi kerak.
Aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi;
5) Chiqarilayotgan aksiyalar 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻmdan joylashtiriladi;
6) Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-avgustdagi PQ-284-sonli qaroriga muvofiq naqdsiz shaklda hamda boshqa aksiyadorlar tomonidan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (qisqa nomi: “Mikrokreditbank” ATB), bank manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: Amaliyot boshqarmasi (qisqa nomi: Amaliyot boshqarmasi), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank STIR: 200547792, bank hisobvaraqlari: 29830000300000433277 (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun) va 29830000900000433213 (boshqa aksiyadorlar uchun), bank kodi (MFO): 00433 bo‘yicha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, aksiyalar uchun to‘langan pul mablag‘lari Bank-emitentning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritiladi;
7) Chiqarilayotgan aksiyalarning oltmish foizdan kam qismi joylashtirilganda, ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb e’tirof etiladi.
Aksiyalar uchun toʻlangan mablagʻlar aksiyadorlarning arizasida koʻrsatilgan banklardagi hisobvaraqlariga ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab, 10 (oʻn) kun davomida toʻliq oʻtkazib beriladi