Jamiyatning 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik faoliyatining xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablariga muvofiq tashqi auditini, shuningdek tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan oraliq auditni o‘tkazish belgilansin. Jamiyatning 2023 va 2024 yillardagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati auditini, shuningdek 2023 va 2024-yillarning 6 oyi uchun oraliq auditini (interm audit) o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkiloti sifatida “Deloitte and Touche” MChJ tanlansin va uning xizmatiga haq to‘lash miqdori 4 705 357 143,00 so‘m (QQSni hisobga olmagan holda) miqdorida belgilansin.