5.1. “Oʻzkimyosanoat” AJning 3 307 354 761 090,00 soʻmlik ustav fondini
3 352 228 756 080,00 soʻmga yetkazish uchun nominal qiymati 1 145 soʻmdan boʻlgan
39 191 262 dona umumiy qiymati 44 873 994 990,00 soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy qoʻshimcha aksiyalar chiqarilsin.
5.2. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari quyidagicha belgilansin:
aksiyalar jamiyatning aksiyadori – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yopiq usulda birjadan tashqari uyushmagan qimmatli qogʻozlar bozorida toʻgʻridan toʻgʻri bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan joylashtiriladi;
aksiyalarni joylashtirish qoʻshimcha aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 30 kun davomida amalga oshiriladi;
aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – qoʻshimcha aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kun;
aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishdagi eng oxirgi aksiya joylashgan sana, lekin qoʻshimcha aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan oshmasligi lozim;
Agar joylashtirishning boshlanish sanasi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, joylashtirishning boshlanish sanasi oʻsha kunlardan keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish birjadan tashqari uyushmagan qimmatli qogʻozlar bozorida toʻgʻridan toʻgʻri bitimlar tuzish hamda ularni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va tegishli investitsiya vositachisida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda anderrayterlar jalb qilinmaydi.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 1 145 (bir ming bir yuz qirq besh) soʻmdan joylashtiriladi.
Aksiyalar uchun toʻlov quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax va Toshkent viloyatlarida kimyo-industrial texnoparklarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi
PQ-127-son qaroriga asosan “Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi 85,8 foiz davlat ulushi
13 045 424 640,0 soʻm nominal qiymatida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatida mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi
PQ-242-son qarorining 1-ilovasiga asosan “Uzkimyoimpeks” MChJ, “RKTUning Toshkent shahridagi filiali qurilishi direksiyasi” MChJ hamda “Farmatsevtik PVX” MChJ ustav kapitalidagi ulushlar 31 819 577 569,0 soʻm balans (qoldiq) qiymatida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax va Toshkent viloyatlarida kimyo-industrial texnoparklarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi
PQ-127-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Chirchiq shahri “X. Maqsudov” MFY Qangli koʻchasi, 1-uy hududida joylashgan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi balansidagi “2-sonli roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi” maʼmuriy binosi (umumiy maydoni 470 metr kv bino-inshootlar va ular joylashgan 0,22 gektar yer maydoni va boshqa qoʻshimcha aktivlar)
8 992 991,44 soʻm balans (qoldiq) qiymatida;
- shuningdek, 2023-yil 7-iyunda P0351-16-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzkimyosanoat” AJning aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaroriga asosan
340,13 soʻm miqdoridagi qoldiq mablagʻ jami 44 873 995 540,57 soʻm mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, aktivlarning balans (qoldiq) qiymati va qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalarning jami qiymati o‘rtasidagi farq ya’ni 550,57 soʻm miqdoridagi qoldiq mablagʻ davlat (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) aktivi sifatida kelgusida hisobga olinadi.
Aksiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, jamiyat bu haqda ommaviy axborot vositalarida, Korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz), jamiyatning rasmiy veb-saytida (www.uzkimyosanoat.uz) rasmiy xabar eʼlon qiladi.
Mazkur chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, ushbu chiqarilishdagi aksiyalar toʻloviga yoʻnaltirilgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan kundan boshlab 10 kun ichida qaytariladi.