1. Quyidagilar:
a) "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 58-, 59-moddalarida jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to'lanadigan eng ko'p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to'g'risida qaror qabul qilish aksiyadorlar umumiy vakolat doirasiga kirishi, barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo'lgan jamiyatda aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi o'tkazilmasligi, aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinishi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi belgilanganligi;
b) "Poytaxt bank” AJ xaridlar komissiyasisining 2024-yil 14-fevraldagi bayonnomasiga asosan, tanlovda "Grand Thomton” MChJ va ”RSM AUDIT” auditorlik tashkilotlaridan takliflar tushganligi, baholash natijalariga ko'ra, "Grand Thomton” MChJ g'olib deb topilganligi va bitim summasi 235,0 mln.so'm miqdorida belgilanganligi;
d) "Poytaxt bank” AJ kuzatuv kengashining:
2024-yil 4-martdagi majlisida banknİng yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi ko 'rib chiqilganligi va ma'qullanganligi;
2024-yil 20-fevraldagi majlisida bankning 2023-yil faoliyati yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tashqi auditdan o'tkazish maqsadida, elektron tanlov baholash natijalaridan kelib chiqib, g'olib deb topilgan "Grand Thomton” MChJ auditorlik kompaniyasi ma'qullaganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. "Poytaxt bank” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofıq tasdiqlansin.
3. "Poytaxt bank” AJning 2023-yil faoliyati moliyaviy xisobotlaming xalqaro standartlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazilsin.
4. "Poytaxt bank” AJning 2023-yil faoliyati yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tashqi auditdan o'tkazish uchun elektron tanlov baholash natijalaridan kelib chiqib g'olib deb topilgan hamda kuzatuv kengashi tomonidan ma'qullangan "Grand Thomton” MChJ auditorlik kompaniyasi tasdiqlansin va unga to'lanadigan eng ko'p haq miqdori 235,0 mln.so'm etib belgilansin.
5. "Poytaxt bank” AJ ijroiya organi rahbari (Raxmatov):
yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmadan kelib chiqqan holda jamiyatning shtatlar
jadvaliga tegishli o'zgartirishlar kiritilishini; bankning yangi tarkibiy bo'linmalarning hisobdorligi, vazifalari va majburiyat doiralarini belgilashni nazarda tutuvchi lavozim yo'riqnomalari ishlab chiqilishini; bankda mavjud vakant lavozimlami yetarli tajriba va malakaga ega bo'lgan mutaxassislar bilan butlanishini;
"Grand Thomton” MChJ auditorlik kompaniyasi bilan 2023-yil faoliyati yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tashqi auditdan o'tkazish uchun o'matilgan tartibda shartnoma tuzilishini; auditorlik tekshiruvi natijalarini Davaktiv agentligiga taqdim etilishini ta'minlasin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklansin.