Korporativ maslahatchi X.Usmanov va Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi G.Paresishvili axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻm boʻlgan 1 893 791 781 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson uch million yetti yuz to‘qson bir ming yetti yuz sakson bir) dona umumiy qiymati 2 022 569 622 108 (ikki trillion yigirma ikki milliard besh yuz oltmish to‘qqiz million olti yuz yigirma ikki ming bir yuz sakkiz) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari quyidagicha belgilansin:
1) Chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna usuli bilan Bank aksiyadorlarining imtiyozli ravishda olish huquqi qoʻllanilgan holda quyidagi aksiyadorlarga joylashtiriladi:
Aksiyador nomi Joylashtiriladigan aksiyalar soni (dona)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 740 082 820
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 1 153 708 961
Jami 1 893 791 781
2) Chiqarilayotgan aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kun davomida joylashtiriladi.
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi xabar va aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi toʻgʻrisidagi bildirishnoma qonunchilikka muvofiq e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kun, biroq imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati o‘tguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, aksiyalarni joylashtirish ushbu arizalar kelib tushgan kundan keyingi ish kunida boshlanadi. Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirish keyingi birinchi ish kunida boshlanadi.
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishning soʻnggi aksiyasi joylashtirilgan kun, biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, ushbu aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kundan oshmasligi lozim;
3) Aksiyadorlarning imtiyozli ravishda olish huquqi qoʻllanilgan holda, chiqarilayotgan aksiyalar yushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin, qolgan aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi savdo maydonchasida uning qimmatli qogʻozlar bilan savdo o‘tkazish qoidalariga muvofiq bitimlar tuzish orqali tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga joylashtiriladi.
Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaguniga qadar chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirilmaydi.
Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi koʻzda tutilmaydi;
4) Chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega.
Aksiyador ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati 2024-yil 1-iyun kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Bank aksiyalarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran 10 (oʻn) kun ichida ommaviy axborot vositalarida bildirishnomani e’lon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni olishni taklif etadi.
Bildirishnoma matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) taqdim etilishi kerak.
Aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi;
5) Chiqarilayotgan aksiyalar, shu jumladan imtiyozli huquq bo‘yicha 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻmdan joylashtiriladi;
6) Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq naqdsiz shaklda hamda boshqa aksiyadorlar tomonidan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (qisqa nomi: “Mikrokreditbank” ATB), bank manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 4-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: Amaliyot boshqarmasi (qisqa nomi: Amaliyot boshqarmasi), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank STIR: 200547792, bank hisobvaraqlari: 29830000300000433277 (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun), 29830000604515255001 (Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi uchun) va 29830000900000433213 (boshqa aksiyadorlar uchun), bank kodi (MFO): 00433 bo‘yicha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, aksiyalar uchun to‘langan pul mablag‘lari Bank-emitentning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritiladi;
7) Chiqarilayotgan aksiyalarning oltmish foizdan kam qismi joylashtirilganda, ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb e’tirof etiladi.
Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, Bank tomonidan ushbu holat to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda rasmiy ma’lumot Bank veb-saytida, korporativ axborot yagona portalida hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi veb-saytida o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinadi.
Aksiyalar uchun toʻlangan mablagʻlar aksiyadorlarning arizasida koʻrsatilgan banklardagi hisobvaraqlariga ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab, 10 (oʻn) kun davomida toʻliq oʻtkazib beriladi.