4.1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
- UZEX TENDER maxsus axborot portalida moliyaviy hisobotning milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiqligi auditi xizmatini olish uchun 24120012378336-lot bo‘yicha Jamiyat xarid komissiyasining onlayn-elektron bayonnomasiga asosan tanlovda “TTT-Audit” MChJ auditorlik tashkiloti g‘olib deb topilganligi hamda uning xizmatiga to‘lanadigan haqning eng yuqori chegarasi QQS bilan 52 000 000,00 so‘m miqdorida taklif qilinganligi;
- UZEX TENDER maxsus axborot portalida moliyaviy hisobotning xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqligi auditi xizmatini olish uchun 24120012378387-lot bo‘yicha Jamiyat xarid komissiyasining onlayn-elektron bayonnomasiga asosan tanlovda “Deloitte va Touche” MChJ auditorlik tashkiloti g‘olib deb topilganligi hamda uning xizmatiga to‘lanadigan haqning eng yuqori chegarasi QQS bilan 1 294 384 000,00 so‘m miqdorida taklif qilinganligi.
4.2. Jamiyatning 2024-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlariga muvofiqligini auditning xalqaro standartlari bo‘yicha tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazilsin. Bunda:
- moliyaviy hisobotning xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq audit o‘tkazish uchun “Deloitte va Touche” MChJ auditorlik tashkiloti tasdiqlansin hamda uning xizmatiga to‘lanadigan haqning eng yuqori chegarasi QQS bilan 1 294 384 000,00 so‘m miqdorida belgilansin;
- moliyaviy hisobotning milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq audit o‘tkazish uchun “TTT-Audit” MChJ auditorlik tashkiloti tasdiqlansin hamda uning xizmatiga to‘lanadigan haqning eng yuqori chegarasi QQS bilan 52 000 000,00 so‘m miqdorida belgilansin.