1. “Talimarjan Power Plant 1” MCHJning 2025-yil 15-apreldagi
TPP1-LTR-JSCTALT-007-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Prima Audit” MCHJning 2025-yil 28-apreldagi xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “Talimarjon IES” AJ bosh direktori (Pirmanov)ga:
“Talimarjan Power Plant 1” MCHJning 2025-yil 15-apreldagi
№TPP1-LTR-JSCTALT-007-sonli xatiga asosan quyidagi:
- 2022-yil 9-sentabrdagi aktivlarni topshirish shartnomasi (Соглашение о передаче активов от 9 сентября 2022 года).
- 2023-yil 8-noyabrdagi Aktivlarni topshirish va o‘tkazish shartnomasi (Соглашение о передаче и уступке Соглашения о передаче активов от
8 ноября 2023 года).
- 2024-yil 12-dekabrdagi Aktivlarni topshirish shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi shartnoma (Соглашение о внесении изменений и дополнений в Соглашение о передаче активов от 12 декабря 2024 года).
- 2024-yil 17-yanvardagi kadrlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma (Соглашение о переводе персонала от 17 января 2024 года).
- Aktivlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida tuzilgan aktivlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasini (Акт приема-передаче активов, оформляемый в рамках Соглашения о передаче активов) hamda shartnomalar, kelishuv (bitim)lari va dalolatnomalarni rasmiylashtirishga vakolat berilsin.
Shu bilan birgalikda mazkur qarorga asosan “Talimarjan Shared Facilities” MCHJga:
- Aktivlarni topshirish shartnomasi;
- Aktivlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida tuzilgan aktivlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasini (Акт приема-передаче активов, оформляемый в рамках Соглашения о передаче активов) hamda shartnomalar, kelishuv (bitim)lar va dalolatnomalarni rasmiylashtirishga vakolat berilsin.