“Renesans mikromoliya tashkiloti” Aksiyadorlik jamiyati qo‘shimcha aksiyalarini chiqariluvi quyidagi shartlarda amalga oshirilsin:
- joylashtiriladigan aksiyalarning umumiy soni – 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) dona;
- bitta aksiyaning nominal qiymati – 1 000 (bir ming) so‘m;
- aksiyalarni joylashtirish narxi – 1 (bir) aksiya uchun 8 635 (sakkiz ming olti yuz o’ttiz besh) so‘m;
- chiqarilishning umumiy summasi – 1 200 000 000 (bir milliard ikki yuz million) so‘m;
- joylashtirishtirilayotgan aksiyalarining turi - oddiy;
- aksiyalarni chiqarish shakli: hujjatsiz;
- joylashtirish usuli – chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli sotib olish huquqini taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi;
Aksiyalarni joylashtirish tartibi:
- qo’shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo’lgan aksiyadorlar ularni o’zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo’ladilar. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o’n) kun davomida amal qiladi. Aksiyalar imtiyozli sotib olish huquqi orqali joylashtirilayotganda aksiyadorlar bilan birjadan tashqari qimmatli qog’ozlar bozorida to’g’ridan to’g’ri oldi-sotdi shartnomalarini tuziladi va ularni investitsiya vositachisi - "BIRINCHI BANKLARARO DEPOZITARIY" MChJda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati tugaganidan so’ng, joylashtirilmagan aksiyalar yopiq obuna usulida xorijiy investor – Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra 0110-01-100950 korporativ raqam bilan ro‘yxatga olingan, Tokio shahri, Shibuya-ku tumani, Sendagaya 3-14-5 manzilida joylashgan “Gojo & Company Inc.” Kompaniyasiga joylashtiriladi. Aksiyalarni joylashtirish emitent va "Gojo&Company Inc." kompaniyasi o‘rtasida aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomasini tuzish va uni investitsiya vositachisi - "BIRINCHI BANKLARARO DEPOZITARIY" MChJda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
- aksiyalarni joylashtirish muddati – “Renesans mikromoliya tashkiloti” AJ aksiyalari chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 1 (bir) yil;
- qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi – qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan 21 (yigirma birinchi) kun ;
- qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishning tugash sanasi – mazkur chiqariluvdagi oxirgi aksiyaning joylashtirilgan kuni, ammo qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 1 (bir) yildan kech emas;
Aksiyalarni to‘lash tartibi:
- aksiyalar uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda pul mablag‘lari (naqd pulsiz) bilan amalga oshiriladi;
To‘lovni qaytarish tartibi:
aksiyalarning mazkur chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda Jamiyat tomonidan aksiyalar joylashtiriluvidan olingan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda aksiyalarning mazkur chiqariluvi amalga oshmagan deb topilgan sanadan boshlab 10 (o‘n) kun ichida qaytariladi