1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. AT “Aloqabank”ning Ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilsin.
3. Chiqarilayotgan aksiyalar egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalar shaklda nominal qiymati 1 (bir) so‘m bo‘lgan 700 000 000 000 (yetti yuz milliard) dona yoki nominal qiymati bo‘yicha 700 000 000 000 (yetti yuz milliard) so‘m miqdorida belgilansin.
4. Chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna yo‘li bilan imtiyozli huquq qo‘llanilgan holda joylashtirilsin. Chiqarilishdagi aksiyalarning imtiyozli huquqni foydalanishdan keyin qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga joylashtirilsin.
5. Chiqarilayotgan aksiyalar joylashtirish muddati qo‘shimcha aksiyalarni chiqarilish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil (365 kun) mobaynida joylashtirilsin.
6. Aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – mazku aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli huquqni amal qilish muddati to‘g‘risidagi bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 11 (o‘n birinchi) kuni. Agar bu muddat o‘tguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, joylashtirishni boshlash sanasi oxirgi ariza kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan boshlanadi, bunda joylashtirishning boshlanish sanasi e’lon va bildirishnoma berilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kundan kam bo‘lmasligi lozim. Agar joylashtirish sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, bankning hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun keyingi birinchi ish kuni joylashtirish sanasi hisoblansin.
7. Aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi - mazkur aksiyalar so‘ngi aksiyaning joylashtirish sanasi, lekin aksiyalar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil (365 kun) muddatdan oshmasin.
8. Mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari (anderrayterlar) jalb etilmasin.
9. Bank tomonidan aksiyalarni joylashtirishda oddiy (ovoz beruvchi) aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanaga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestrining ma’lumotlari asosida tuzilsin.
10. Aksiyadorlar bilan imtiyozli huquqni qo‘llagan holda aksiyalarni joylashtirish amalga oshirilgan taqdirda birjadan tashqari uyushmagan bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy bitim tuzish orqali amalga oshirilsin.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin birjadan tashqari uyushmagan bozorda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan bank o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali joylashtirilsin.
11. Aksiyadorlarning qo‘shimcha chiqarilishdagi aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish tug‘risida”gi Qonunining 35 va 36-moddalariga asosan ularga tegishli bo‘lgan oddiy (ovoz beruvchi) aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshirilsin.
12. Imtiyozli huquqni amal qilish muddati tegishli axborot e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kunni tashkil etsin.
Bunda, aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 5 (besh ish) kuni mobaynida, Bank aksiyadorlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda ularning imtiyozli huquqidan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida xabardor qilsin. E’londa: joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador sotib olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
13. Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni sotib olish to‘grisida o‘zining ism-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘grisidagi hujjatni Bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli.
Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka taqdim etilishi kerak. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa tugashi belgilansin. Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaysin.
14. Ushbu chiqarilishidagi aksiyalar bozor qiymatida, lekin nominal qiymatidan kam bo‘lmagan narxda (shu jumladan, imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarga) joylashtirilsin.
Aksiyalar joylashtirish narxi qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar kon’yunkturasidan kelib chiqqan bank Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
15. Mazkur aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshirilsin. Aksiyalarni joylashtirish jarayonida aksiyalar uchun to‘lovlar pul mablag‘lari bilan naqdsiz shaklda amalga oshirilsin.
16. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb tan olingan taqdirda, Bank tomonidan mazkur holat bo‘yicha rasmiy tarzda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon berilsin.
Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb tan olingan kundan boshlab, 10 (o‘n) kun mobaynida aksiyalar uchun qabul qilingan to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda qaytarilsin.