“O‘zavtosanoat” AJning 2024-yil 1-yanvar holatiga 1 199 878 365 957,41 so‘m (bir trillion bir yuz to‘qson to‘qqiz milliard sakkiz yuz yetmish sakkiz million uch yuz oltmish besh ming to‘qqiz yuz ellik yetti so‘m qirq bir tiyin) miqdoridagi taqsimlanmagan foydasi quyidagi tartibda taqsimlansin:
1) 75,96 foizini, ya’ni 911 460 479 359,0 so‘m (to‘qqiz o‘n bir milliard to‘rt yuz oltmish million to‘rt yuz yetmish to‘qqiz ming uch yuz ellik to‘qqiz so‘m) davlat ulushi bo‘yicha dividend to‘lashga yo‘naltirish.
Shunda 1 dona oddiy aksiyaga 0,5 so‘m (50 tiyin) miqdorida pul mablag‘lari bilan to‘lanishi uchun dividend e’lon qilish va hisoblangan dividendlar miqdorini yagona aksiyador tomonidan dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan 60 kun ichida to‘lash ta’minlash.
2) 0,15 foizini (yoki Jamiyatning 2023-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasining 5 foizi bo‘lgan), ya’ni 1 742 582 454,27 so‘m (bir milliard yetti yuz qirq ikki million besh yuz sakson ikki ming to‘rt yuz ellik to‘rt so‘m yigirma yetti tiyin) zaxira fondiga yo‘naltirish;
3) 23,89 foizini, ya’ni 286 675 304 144,14 so‘m (ikki yuz sakson olti milliard olti yuz yetmish besh million uch yuz to‘rt ming bir yuz qirq to‘rt so‘m o‘n to‘rt tiyin) taqsimlanmasdan qoldirish.