“Poytaxt Bank” AJ tomonidan qoʻshimcha ravishda nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan 400 000 000 (to‘rt yuz million) dona umumiy qiymati 400 000 000 000 (to‘rt yuz milliard) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilsin.
Bank tomonidan qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirish muddati va shartlari quyidagi tartibda belgilansin:
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli (ochiq yoki yopiq obuna):
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar bankning yagona aksiyadori “Bond Investment Limited” LLC (BAA) kompaniyasiga yopiq obuna usulida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda joylashtiriladi.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining muddati:
Ushbu chiqarilish davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab
1 (bir) yil davomida joylashtiriladi.
Aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – mazkur aksiyalarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kun.
Aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – mazkur chiqarilishning soʻnggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq, aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, mazkur chiqarilish davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kundan oshmasligi lozim.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining tartibi:
Ushbu qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisining savdo maydonchasida uning qimmatli qog‘ozlar bilan savdo o‘tkazish qoidalariga muvofiq bitimlar tuzish orqali bank yagona aksiyadori “Bond Investment Limited” LLC ga joylashtiriladi.
Aksiyalarni joylashtirish Bank tomonidan mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aksiyalarni joylashtirish uchun anderrayterlar jalb qilinmaydi.
Ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga boʻlgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi:
Mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda imtiyozli huquq koʻzda tutilmagan.
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi:
Qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalar 1 000 (bir ming) soʻmdan joylashtiriladi.
Aksiyalarni toʻlash shartlari va tartibi:
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun toʻlovlar bankning hisob raqamiga milliy valyutada naqdsiz shakldagi pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Bank rekvizitlari:
“Poytaxt Bank” AJning Amaliyot boshqarmasi.
Hisob raqami: 29830000700001172002.
MFO: 01172.
STIR: 207290120.
Mazkur chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, ushbu chiqarilishdagi aksiyalar toʻloviga yoʻnaltirilgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab, 10 kun davomida qaytariladi.