Jamg‘armaning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan oshirish:
• Aksiyalar turi: oddiy, egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi aksiyalar;
• Aksiyalar soni: 6 527 769 640 691 (olti trillion besh yuz yigirma yetti milliard yetti yuz oltmish to‘qqiz million olti yuz qirq ming olti yuz to‘qson bir) dona;
• Har bir aksiya nominal qiymati: 1 (bir) so‘m;
• Joylashtirish hajmi: e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida.
Aksiyalarni joylashtirish muddati: Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan emissiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni.
Joylashtirish usuli: yopiq obuna shaklida, yagona aksiyador – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga.
Joylashtirish narxi: nominal qiymat bo‘yicha.
To‘lov shakli:
• pul shaklida, shu jumladan o‘zaro pul talablarini qarz hisobidan hisobga olish o‘tkazish yo‘li bilan;
• naqd bo‘lmagan (mol-mulk shaklida) to‘lov, qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda.
O‘zaro talablarni hisobga o‘tkazish natijalari ikki tomonlama o‘zaro bir turdagi pul talablarini hisobga olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda u tomonlar tomonidan imzolanadi.