4.1. "ANOR BANK" AJ ustav kapitali har bir aksiyaning nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 50 000 000 000 (ellik milliard) so‘m bo‘lgan 50 000 000 (ellik million) dona oddiy egasi yozilgan hujjatsiz aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilsin.
4.2. Aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishining asosiy parametrlari tasdiqlansin:
- mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish usuli: mazkur chiqarilishdagi aksiyalar yopiq obuna bo‘yicha aksiyador - jismoniy shaxs Olimov Qaxramonjon Anvarovichga xususiy joylashtirish yo‘li bilan joylashtiriladi;
- qo‘shimcha chiqarilgan bir dona aksiyani joylashtirish narxi 1000 (Bir ming) so‘m ya’ni nominal qiymatida, shuningdek imtiyozli huquq egalariga joylashtiriladi;
- aksiyalar joylashtirilishi birjadan tashqari uyushmagan bozorda amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish yo‘li bilan, shunda ushbu aksiyalar chiqarish to'g'risidagi qarorni qabul qilish kuniga, ya'ni 2025-yil 28-noyabr xolatiga, shakllangan reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqini berish yo'li bilan;
Ushbu chiqarilishdagi bank aksiyalarni joylashtirishda bankka qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarini (anderraterlarni) jalb qilish nazarda tutilmaydi.
- imtiyozli huquq qo‘llanilganidan keyin qolgan aksiyalarning bir qismi aksiyador - jismoniy shaxs Olimov Qaxramonjon Anvarovichga joylashtiriladi;
- mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish muddati: qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay;
- aksiyalarni joylashtirishning boshlanishi: imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kun;
- aksiyalarni joylashtirish tugallangan sana: oxirgi aksiya joylashtirilgan sana, biroq qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay;
- 2025-yil 28-noyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan bankning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega;
- qo'shimcha chiqarilishdagi aksiyalarni sotib olishga bo'lgan imtiyozli huquqi aksiyadorlarga tegishli bo'lgan soniga va shu turdagi bank aksiyalariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma e’lon qilingan sanadan boshlab 10 kalendar kunni tashkil etadi. Xabarnoma joylashtiriladigan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalar sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak;
- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyadorlar aksiyalar uchun to'lovni O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosan investitsiya vositachisi tomonidan ro'yhatdan o'tkazgan aksiyador va bank o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Aksiyalarni sotib olish pulsiz vositalar orqali ko'zda tutilmagan. Aksiyalar bo'yicha to'lovlar pul mablag'lari bilan naqd yoki naqdsiz shaklida amalga oshiriladi;
- mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar 60 foizdan kam miqdorda joylashtirilgan taqdirda chiqarilish amalga oshmagan deb hisoblanadi;
- aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb tan olingan taqdirda bank ushbu xolat to'g'risida ommaviy axborot vositalarida, aksiyadorlarga bildirishnoma yuborish, shuningdek korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) va bank veb-saytida (www.anorbank.uz) rasmiy xabarnoma e'lon qiladi. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb tan olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida aksiya uchun to'lov sifatida olingan mablag'lar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
4.3. Oddiy aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqini qo‘llashning quyidagi tartibi tasdiqlansin:
- 2025-yil 28-noyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan bankning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega;
- qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni sotib olishning imtiyozli huquqi aksiyadorlar tomonidan ularga tegishli bank aksiyalarining soniga, soniga va turiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma e’lon qilingan sanadan boshlab 10 kalendar kunni tashkil etadi. Xabarnoma joylashtiriladigan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalar sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak;
- imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olish to‘g‘risida jamiyatga aksiyadorning nomi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), u oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va to‘lov to‘g‘risidagi hujjatni yuborish yo‘li bilan o‘zining imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza imtiyozli huquqning amal qilish muddati mobaynida bankka yuborilishi kerak;
- imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar u tugagunga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish yoki undan foydalanishni rad etish to‘g‘risida yozma arizalar olingan bo‘lsa, tugatiladi;
- imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- imtiyozli huquq qo‘llanilganidan keyin qolgan aksiyalarning bir qismi aksiyador Olimov Qahramonjon Anvarovichga sotiladi.
4.4. "ANOR BANK" AJning har bir aksiyasining nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 50 000 000 000 (ellik milliard) so‘m bo‘lgan 50 000 000 (ellik million) dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qaror ilovaga muvofiq tasdiqlansin.