1. “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining qo’shimcha chiqarilayotgan nominal qiymati 1 (bir) so’m bo’lgan umumiy qiymati 5 999 982 800 (besh milliard to’qqiz yuz to’qson to’qqiz million to’qqiz yuz sakson ikki ming sakkiz yuz) so’mlik 5 999 982 800 (besh milliard to’qqiz yuz to’qson to’qqiz million to’qqiz yuz sakson ikki ming sakkiz yuz) dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi aksiyalari jamiyatning yagona aksiyadori hisoblangan “UzAuto Passenger Vehicles Management” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga quyidagi shartlar asosida joylashtirilsin:
a) mazkur qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalar yopiq obuna shaklida joylashtirilsin;
b) qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish muddati – Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro’yhatidan o’tgan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kun ichida:
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash - Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan qo’shimcha aksiyalar chiqarish to’g’risidagi qaror davlat ro’yxatiga olingan kun;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish - oxirgi aksiyani joylashtirish sanasi, biroq Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida mazkur chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan ko’p bo’lmagan muddatda.
d) mazkur qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalar Jamiyat yagona aksiyadoriga yopiq obuna shaklida biror bir fuqarolik-huquqiy bitim tuzmagan holda birjadan tashqari tashkillashtirilmagan bozor orqali joylashtiriladi;
e) mazkur qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalarning 1 (bir) donasi uchun 1 (bir) so’m narx bilan joylashtiriladi;
f) Ushbu chiqalishdagi aksiyalar uchun to’lov jamiyat yagona aksiyadorining tegishli qaroriga asosan jamiyatning taqsimlanmagan foydasining bir qismi hisobidan amalga oshiriladi.
g) Ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, jamiyat tomonidan aksiyalar uchun olingan to’lov vositalari, amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab 10 (o’n) kunlik muddatda, belgilangan tartibda buxgalteriya balansiga tegishli o’zgartirishlar kiritish orqali qaytariladi.