Umumiy qiymati 1 350 000 000 000 (bir trillion uch yuz ellik milliard) so‘m bo‘lgan nominal qiymati 5 000 (besh ming) so‘mlik 270 000 000 (ikki yuz yetmish million) dona oddiy aksiyalarning yangi chiqarilishi amalga oshirilsin.
Jamiyatning nominal qiymati 1 (bir) so‘m bo‘lgan 1 350 000 000 000
(bir trillion uch yuz ellik milliard) dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarini nominal qiymati 5 000 (besh ming) so‘m bo‘lgan 270 000 000
(ikki yuz yetmish million) dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarga yiriklashtirilsin.
Avval chiqarilgan nominal qiymati 1 (bir) so‘m bo‘lgan aksiyalarni nominal qiymati 5 000 (besh) ming so‘m bo‘lgan aksiyalarga (ya’ni nominal qiymati 1 (bir) so‘m bo‘lgan 5 000 (besh ming) dona aksiya nominal qiymati 5 000 (besh ming) so‘m bo‘lgan 1 (bir) dona aksiyaga) ayirboshlash orqali mazkur chiqarilishdagi aksiyalar yopiq obuna usulida Jamiyat yagona aksiyadoriga joylashtirilsin.
Yangi chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish muddati – Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yhatidan o‘tgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kun ichida:
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash – Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan yangi aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatiga olingan kun;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish – oxirgi aksiyani joylashtirish sanasi, biroq Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida mazkur yangi chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab
15 (o‘n besh) kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda.
Mazkur yangi chiqarilishdagi aksiyalar Jamiyat yagona aksiyadoriga yopiq obuna shaklida biror bir fuqarolik-huquqiy bitim tuzmagan holda birjadan tashqari tashkillashtirilmagan bozorda ayirboshlash orqali joylashtirilsin.
Mazkur yangi chiqarilishdagi aksiyalarning 1 (bir) donasi uchun 5 000
(besh ming) so‘m narx bilan joylashtirilsin.
Mazkur yangi chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lov ko‘zda tutilmagan
Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lov ko‘zda tutilmaganligi sababli, ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, to‘lovni qaytarish ko‘zda tutilmagan.