“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining (keying o‘rinlarda – Jamiyat) qo‘shimcha chiqarilayotgan nominal qiymati 5 000 (besh ming) so‘m bo‘lgan umumiy qiymati 13 500 000 000 so‘mlik 2 700 000 dona oddiy aksiyalari “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi ommaviy taklif (IPO) o‘tkazish yo’li bilan quyidagi shartlar asosida joylashtirilsin:
a) mazkur qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalar ochiq obuna usulida cheklanmagan potensial investorlar orasida joylashtirilsin;
b) qo’shimcha chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish muddati – Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlab 30 kun ichida:
- aksiyalarni joylashtirishni boshlash - Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qo‘shimcha aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi axborot oshkor qilinganidan keyin 15-kun.
Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi keyingi birinchi ish kuniga o‘tkaziladi;
- aksiyalarni joylashtirishni tugatish – Oxirgi aksiyani joylashtirish sanasi, biroq Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida mazkur chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan oshmasligi lozim.
d) Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar ochiq obuna usulida qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalarida belgilangan tartibda “Toshkent” respublika fond birjasi savdo maydoni orqali cheklanmagan potensial investorlar orasida joylashtiriladi;
e) Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar ochiq obuna usulida qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalarida belgilangan tartibda “Toshkent” respublika fond birjasi savdo maydoni orqali cheklanmagan potensial investorlar orasida joylashtirilayotganligi munosabati bilan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqdan foydalanish ko‘zda tutilmagan;
f) Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 72 500 (yetmish ikki ming besh yuz) so‘mdan 81 500 (sakson bir ming besh yuz) so‘m narx oralig‘ida joylashtiriladi.
g) Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to’lov O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida “Toshkent” respublika fond birjasi savdo maydonida uning qoidalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi.
h) Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 30 kun ichida ushbu chiqarishdagi aksiyalar umuman (bir donasi ham) joylashtirilmagan taqdirda mazkur chiqarilishdagi aksiyalar amalga oshmagan deb topiladi va amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kunlik muddatda, belgilangan tartibda qaytariladi.