ХАБАРНОМА Акциядорларнинг йиллик умумий йиғилиши тўғрисида (19.06.2026)
Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida.
XABARNOMA
(masofadan)
Sizni 2026-yil 19-iyun kuni soat 10:00 da “Evote.uz” elektron ovoz berish xizmati orqali masofadan turib bo‘lib o‘tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz.
Umumiy yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va kun tartibiga kiritilgan masalalarga ovoz berish “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning http://evote.uz elektron ovoz berish xizmati orqali ta’minlanadi. Aksiyadorlar platformadan foydalanish uchun elektron raqamli imzo kaliti (ERI) bilan identifikatsiyadan o‘tishlari lozim (platformadan foydalanish bo‘yicha Markaziy depozitariy telefon raqami: +99871 211-09-09).
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT “Aloqabank”ning 2025-yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.
3. AT “Aloqabank”ning 2025-yil ish faoliyati yakunlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi bank Boshqaruvi Raisi hisobotini tasdiqlash.
4. AT “Aloqabank”ning 2025 yil ish faoliyati yakuni bo‘yicha Xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.
5. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti bo‘yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
6. AT “Aloqabank”ning 2025-yil ish faoliyati yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
7. AT “Aloqabank”ning 2026-yil ish faoliyati yakuni bo‘yicha Xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
8. AT “Aloqabank” tomonidan keyingi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni oldindan ma’qullash.
9. AT “Aloqabank”ning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
10. AT “Aloqabank”da 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi yig‘ilishining 2026-yil 25-maydagi qaroriga asosan Aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida habardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2026-yil 25-may. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2026-yil 15-iyun.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2026-yil 19-iyun soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan http://evote.uzelektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun telefon: +998 71-232-83-67.
Информация об организации
Название:
Аksiyadorlik tijorat "Aloqabank"
Короткое название:
AT "Aloqabank"
ИНН:
200829053
Адрес:
100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor MFY, O‘qchi ko‘chasi, 2-uy