1. “O‘zmetkombinat” AJning 2024-yil yakuni bo‘yicha olingan 348 074 832 180,60 so‘mlik sof foydasi quyidagi tartibda taqsimlansin:
- zaxira fondini shakllantirish uchun 17 403 741 609,03 so‘m yoki sof foydaning 5 foizi yo‘naltirilsin;
- minoritar aksiyadorlarga tegishli imtiyozli aksiyalar uchun dividend to‘lovlarini amalga oshirish maqsadida 2 945 237 400 so‘m yoki sof foydaning 0,85 foizi yo‘naltirilsin, bunda, bir dona imtiyozli aksiya bo‘yicha dividend miqdori soliqlarni inobatga olgan holda bir dona aksiya nominal qiymatining 6 foizi miqdorida, ya’ni 300 so‘m etib belgilansin;
- sof foydaning qolgan 94,15 foizi, ya’ni 327 725 853 171,57 so‘m Kombinatning mavjud kredit portfelidagi qarzdorliklarni so‘ndirishga yo‘naltirilsin;
- dividendlarni to‘lash qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmagan muddatda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilsin.