| 1 | Sanoq komissiyasining tarkibiga, aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha, quyidagi nomzodlar tasdiqlansin:
1. Atamirzayev Jahonbek Mahmudjonovich;
2. Rejamatov Alisher Utkirovich
3. Usmanov Inomjon Turayevich. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 2 | “InFinBank” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamenti quyidagicha tasdiqlansin:
- asosiy masalalar bo‘yicha ma’ruzachilarning chiqishlariga – 15 daqiqagacha;
- qo‘shimcha chiqishlar, e’tiroz va muzokaralar uchun – 5 daqiqagacha;
- ovoz berish yakunlarini hisoblash uchun tanaffus – 10 daqiqa. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 3 | “InFinBank” AJning 2025-yil faoliyati yakuni bo‘yicha Bank Kuzatuv kengashining hisoboti tasdiqlansin. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 4 | 4.1. “InFinBank” AJ Bank Boshqaruvining Bankning 2025-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisoboti va bank faoliyatining 2026-yilgi asosiy vazifalari tasdiqlansin;
4.2. “InFinBank” AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin;
4.3. “InFinBank” AJ Boshqaruvining 2025-yildagi faoliyati qoniqarli deb topilsin. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 5 | 5.1. "InFinBank" AJning 2025-yil yakuni bo'yicha auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan sof foydasi 144 616 mln.so'mni tashkil etganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin;
5.2. Bankning o‘tgan yillar davomida shakllangan taqsimlanmagan foydasi quyidagicha taqsimlansin:
- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan 5 635 mln. so‘mni umumiy rezerv fondiga yo‘naltirilsin;
- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan 34 682 000 000 so‘mni imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividend to‘lash uchun yo‘naltirilsin;
- imtiyozli aksiyalar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan 7 318 mln. so’m miqdoridagi dividendlar aksiyadorlarning tegishli qarori qabul qilinguniga qadar qoldirilsin;
- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan Bankning har bir joylashtirilgan imtiyozli aksiyasiga 115,60 (bir yuz o’n besh so’m oltmish tiyin) dan dividend to‘lab berilsin;
- dividendlarni pul mablag‘lari bilan Bank Ustavi va qonunchilikda belgilangan shakl va muddatda to‘lab berilsin;
- dividendlarni to‘lashni boshlash sanasini 2026-yil 30-iyun etib belgilansin;
- dividendlarni to‘lashni tugatish sanasini 2026-yil 28-avgust etib belgilansin. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 7 | Bank Boshqaruv raisi Djurayev Baxtiyorjon Samadovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatini 1 yil muddatga (aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar) uzaytirilsin. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 8 | 2026-yil yakunlari bo‘yicha Bank va Bank guruhining auditini o‘tkazish uchun “Ernst & Young” MChJ auditorlik tashkiloti taklif qilinsin va uning xizmatlari uchun to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdori QQSni hisobga olgan holda 3 000 000 000,00 (Uch milliard) so‘m etib belgilansin | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 9 | 9.1. Bankning quyidagi ichki qoidalar ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
9.1.1. ““Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Nizom” - 1-ilovaga muvofiq;
9.1.2. ““Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”- 2-ilovaga muvofiq;
9.1.3. ““Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi toʻgʻrisidagi Nizom” - 3-ilovaga muvofiq.
9.2. Bankning quyidagi ichki qoidalar ilovalarga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
9.2.1. “Korporativ boshqaruv sohasidagi ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom” - 4-ilovaga muvofiq.
9.2.2. “Manfaatlar to‘qnashuvida harakatlar tartibi to‘g‘risida nizom” - 5-ilovaga muvofiq. | 100 | 1 140 000 000 | 0 | 0 | 0 | 0 |