1. Bankning umumiy qiymati 1 000 250 000 000,00 (bir trillion ikki yuz ellik million) so‘mlik, nominal qiymati 1 000,00 so‘m bo‘lgan 1 000 227 000 dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalari, hamda 23 000 dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalari muomalaga chiqarilsin.
2. Aksiyalarni joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari qo‘yidagicha tasdiqlansin:
1. Ushbu chiqarilishdagi egasining nomi yozilgan aksiyalar turi (oddiy yoki imtiyozli) – oddiy va imtiyozli aksiyalar.
2. Ushbu aksiyalar chiqarilishining shakli – hujjatsiz.
3. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning nominal qiymati (so‘m) – 1 000,00 (bir ming) so‘m.
4. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarning soni (dona):
Hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar – 1 000 227 000 (Bir milliard ikki yuz yigirma yetti ming) dona;
Hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar – 23 000 (yigirma uch ming) dona.
5. Ushbu chiqarilishning umumiy hajmi (so‘m) – 1 000 250 000 000,00 (bir trillion ikki yuz ellik million) so‘m.
6. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining usuli (ochiq yoki yopiq obuna) – ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitent aksiyadorlari o‘rtasida ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda 1:1 koeffitsientda taqsimlash (avval joylashtirilgan bir dona aksiya uchun bir dona qo‘shimcha aksiya berish) orqali qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida hech qanday fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzmasdan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Emitentning aksiyadorlari orasida qo‘shimcha aksiyalarini taqsimlash ushbu aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyingi 5 (beshinchi) ish kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining muddati – Chiqarilayotgan aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 60 kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
8. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – Aksiyalar chiqariluvi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyingi 6 (oltinchi) ish kuni.
9. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – Mazkur chiqarilishning so‘nggi aksiyasi joylashtirilgan kun. Biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, mazkur chiqarilishdagi aksiyalar davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab 60 kundan oshmasligi lozim.
10. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar joylashtirilishining tartibi – Aksiyalarni joylashtirish Emitent tomonidan mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitent aksiyadorlari o‘rtasida, o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini Emitent ustav kapitalini o‘z kapitali hisobiga oshirish uchun yo‘naltirilgan qismini (dividendlarga nisbatan to‘lanadigan soliq chegirilgandan so‘ng) kapitalizatsiya qilish hisobiga Emitent aksiyadorlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda 1:1 koeffitsientda taqsimlash (avval joylashtirilgan bir dona aksiya uchun bir dona qo‘shimcha aksiya berish) orqali qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari tashkil etilmagan (uyushmagan) bozorida hech qanday fuqarolik – huquqiy bitimlar tuzmasdan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Emitentning aksiyadorlari orasida qo‘shimcha aksiyalarini taqsimlash ushbu aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyingi 5 (beshinchi) ish kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi ko‘zda tutilmagan.
11. Ushbu chiqarilishdagi joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga bo‘lgan imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi – Ushbu chiqarilishdagi barcha aksiyalar Emitentning barcha aksiyadorlariga, ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi sababli imtiyozli huquqni qo‘llash ko‘zda tutilmagan.
12. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi – Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar barcha aksiyadorlarga nominal qiymatida, ya’ni 1 000,00 (bir ming) so‘mdan joylashtiriladi.
13. Aksiyalarni to‘lash shartlari va tartibi – Aksiyalarning qiymatini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Emitentning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini Emitent ustav kapitalini o‘z kapitali hisobiga oshirish uchun yo‘naltirilgan qismini (dividendlarga nisbatan to‘lanadigan soliq chegirilgandan so‘ng), jami
1 000 250 000 000,00 (bir trillion ikki yuz ellik million) so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘larini kapitalizatsiya qilish orqali buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
14. Ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda emitent tomonidan aksiyalar to‘lovi sifatida olingan vositalarni qaytarish tartibi – Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda aksiyalar uchun to‘langan mablag‘larning qaytarilishi quyidagicha amalga oshiriladi:
Emitent tomonidan ushbu holat to‘g‘risida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda muhim faktlar (qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish xaqidagi muhim fakt – 28) haqidagi ma’lumot korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz), «Toshkent» Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) va Emitentning rasmiy veb-saytida (www.trustbank.uz) e’lon qilinadi.
Shuningdek, ushbu chiqarilishdagi aksiyalar to‘loviga yo‘naltirilgan mablag‘lar (aktivlar) ushbu aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida Emitent tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlarni kiritish orqali qaytariladi.